AsosiyShou-biznes

Selin Dion musiqiy faoliyatini vaqtinchalik to`xtatib turishi haqida e`lon qildi

Kanadalik qo`shiqchi Selin Dion o`zi va turmush o`rtog`i Rene Anjelilning salomatligi bilan bog`liq muammolar sabab qo`shiqchilik faoliyatini vaqtinchalik to`xtatib turishi haqida e`lon qildi.

Bu xabar kuni kecha uning rasmiy sahifasida chop etilgan, deya xabar beradi startnews.net nashri. Hozirda 46 yoshga to`lgan Selin Dion tomoq mushaklarining shamollashiga olib keluvchi kasallik bilan og`rimoqda. Shu sababli ham u Las-Vegasda bo`lib o`tishi rejalashtirilgan konsert dasturlarini qoldirishga qaror qilgan.

Shu yilning 29 iyulidan esa u jonli ijroda qo`shiq kuylamayapti. Bundan tashqari u 72 yoshli turmush o`rtog`i Rene Anjelilga g`amxo`rlik qilishini ham ta`kidlagan. O`tgan yilning dekabr oyida u havfli o`simtani olib tashlash bo`yicha jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan.

“Renening sog`ayib ketishi uchun qo`limdan kelgan barcha ishni qilmoqchiman. Buning uchun men barcha vaqtimni u va farzandlarimga bag`ishlashim kerak. Muxlislarimdan yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so`rayman, men ularning mehri va muhabbatlariga suyanaman” deydi Selin Dion. 

Eslatib o`tamiz, Selin Dion 2000 yildan 2002 yilgacha ham ijodiy tanaffusda bo`lgan. O`shanda u turmush o`rtog`i Rene Anjelilga tomoq saratoni tashhisi qo`yilganidan so`ng parvarish qilish uchun ta`tilga chiqqandi. Rene Anjelil va Selin Dionning uch nafar farzandlari bor. 
Ular: 13 yoshli Rene-Charlz, hamda 3 yoshli egizaklari Eddi va Nelsonlardir.

 

    Boshqa yangiliklar