AsosiyShou-biznes

Twitter'da Maykl Jekson klipining premerasi bo`lib o`tdi

A Place With No Name qo`shig`i uning o`limi oldidan yozilgan Xscape nomli albomidan o`rin egallagan edi.

Ushbu qo`shiqqa ishlangan klipning premerasi kuni kecha Twitter'da bo`lib o`tdi. Klip ijtimoiy saytda o`tkazilgan birinchi musiqiy premera sanaladi. Twitter'dagi klip namoyishi bir vaqtning o`zida Nyu-Yorkdagi Tayms-skver maydonidagi Sony Screen katta ekranida ham omma e`tiboriga havola etildi.

A Place With No Name qo`shig`ini Maykl Jekson 1998 yilda America 1972 guruhining A Horse With No Name nomli xit qo`shig`iga ilhomlangan holda yaratgan. Ammo u yozgan qo`shiq oradan yillar o`tib, 2014 yildagina albomdan joy oldi. Klipga Robbi Uilyams, Jastin Timberleyk kabi mashxur qo`shiqchilarning kliplarini suratga olgan Semyuel Beyer mualliflik qildi.

Unda Maykl Jeksonning 1992 yildagi In The Closet qo`shig`ini yaratishdagi video lavhalardan foydalanilgan. 

    Boshqa yangiliklar