Iroq bosh vaziri Nuri al-Maliki o`zining tele murojaatida iste`foga chiqishini e`lon qildi. Bu haqda ITAR-TASS xabar bermoqda.
“Men qon to`kilishlarga aybdor emasman, menga hech bir lavozim kerak emas”,-dedi al-Maliki. Bosh vazir bu qarorni hukumatni almashish ishlarini tezlashtirish uchun qabul qilganini aytdi.
Shuningdek, sobiq bosh vazir hukumatni kuch ishlatish va zo`ravonlik yo`li bilan egallashdan bosh tortganini alohida qayd qilib o`tdi.
“Men kuch ishlatish foyda bermasligi bilaman”,-dedi al-Maliki.