AsosiyJamiyat

"Namunali maktab" loyihasi yaratiladi

'"Namunali maktab" loyihasi yaratiladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan xalq ta`limi tizimini tubdan o`zgartirish, uni zamon talablariga muvofiq takomillashtirish borasida qo`yilgan vazifalar ijrosiga bag`ishlab Bosh vazir A.Aripov rahbarligida o`tgan videoselektor yig`ilishida maktablar qiyofasini o`zgartirish, ularning o`z ichki imkoniyatlaridan foydalanishga yo`l ochishga oid masalalarga ham e`tibor qaratildi.

Mamlakatimizda aksariyat maktablar ancha yillar oldin tasdiqlangan loyihalar asosida qurilgan va bu hamon davom etmoqda. Lekin bugungi kunning zamonaviy maktablari qanday bo`lishi kerak?

Ko`pchilik maktablar 2 yoki 3 qavat qilib qurilgan. Holbuki, ularni 4 yoki 5 qavat qilib qurishga hech narsa monelik qilmaydi. Maktablarning ko`proq qavatli bo`lishi u erda shart-sharoit yaxshilanishi, fan kabinetlari tashkil etish, qolaversa, muassasaga ko`proq o`quvchilarni qamrab olish imkonini beradi. Bunday imkoniyatdan foydalanmaslik evaziga ko`plab hududlarda bolalar uch smena asosida o`qimoqda.

Yaratilajak “Namunaviy maktab” loyihasida, avvalo, maktab binolarining o`quvchilar uchun har tomonlama qulay va foydali bo`lishiga e`tibor qaratiladi.

Maktablarning har tomonlama rivojlanishi uchun ichki imkoniyatlardan foydalanish ham maqsadga muvofiq. Bu borada poytaxtimizning Sergeli tumanidagi maktablardan biridagi ibratli tajriba tilga olindi. Gap shundaki, maktabda o`quvchilar bog`i yaratilgan bo`lib, unda har bir o`quvchining o`z daraxti bor. O`quvchi o`z daraxtining o`sishi uchun jon kuydiradi, unga vaqtida suv quyadi. Bu bola tarbiyasida muhim o`rin tutib, unda tabiatga mehr uyg`otishi bilan birga, mas`uliyat hissi oshishiga yordam beradi. Bog`lardan keladigan foyda esa maktab, o`quvchilar manfaatiga xizmat qilsa, nur ustiga a`lo nurdir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar