AsosiyDunyo

Keyt Middlton saroyni tark etayapti(mi?)

Britaniya qirolligi oilasida katta janjal sodir bo`ldi, deya xabar beradi tv.ua nashri.

Internet sahifalarining asosiy mavzusiga aylangan ushbu xabar ayni damda keng jamoatchilik tomonidan muxokama qilinmoqda. Shahzoda Uilyamning rafiqasi gersoginya Keyt qirolicha Elizaveta II bilan janjallashib qolgan. Bunga sabab keksa qirolichaning yoshlar hayotini doimiy ravishda nazorat qilishga urunayotganidir. Life&Style jurnalida ham Keyt va keksa qirolicha o`rtasidagi kelishmovchilik mavzusida katta maqola e`lon qilindi. Shu bilan birga, ushbu maqolada 88-yoshli Elizaveta II qirol oilasidagi erkaklar tanlagan ayollarni unchalik yoqtirmasligini ham aytib o`tilgan. 

Life&Style nashri Keyt o`z narsalarini yig`ayotgani va ketish istagida ekanini ma`lum qilgan. Shahzoda Uilyam ham Keyt tomonda. Bu bilan u oilaviy an`anani buzib o`z rafiqasiga yon bosmoqda. Voqealar rivojini kuzatamiz. 

    Boshqa yangiliklar