AQShning Golet shahrida yashovchi fuqaro pichoq yordamida 4 kishiga hujum qilgan natijada har to`rt kishi ham olamdan o`tgan. Bu haqda news.liveinternet.ru nashri xabar bermoqda.
Aniqlanishicha, ular o`zining keksa ota-onasi va ikki nafar farzandi bo`lib chiqqan. 46 yoshli Nikolas Xolser haqiqatdan ham ushbu qotillikni sodir etganini tan olgan. Polisiya Xolserning uyidan uning ota-onasi va 10 hamda 13 yoshli o`g`illarining jasadlarini topgan. Ayni damda Xolser amalga oshirgan qotillikning sabablari aniqlanmoqda. Unga uzoq yillik qamoq jazosi belgilanishi aniq.