AsosiySport

Norvegiya mehmonxonasida o`zbekistonlik shaxmatchining jasadi topildi

Norvegiyaning Tromsyo shahrida bo`lib o`tgan jahon shaxmat olimpiadasi ishtirokchisi, o`zbekistonlik Alisher Anorqulov mehmonxonadagi xonasida jonsiz holda topildi. Bu haqda abcnews xabar bermoqda.

Musobaqa matbuot kotibining ma`lum qilishicha, payshanba kuni sportchi tabiiy sabablarga ko`ra vafot etgan va hech qanday jinoyat izlari topilmagan.

Shuningdek, ushbu musobaqa davomida yana bir  shaxmatchi, Seyshel orollaridan bo`lgan 67 yoshli Kurt Meyer ham halok bo`lgan. 

Shaxmat uchrashuvi paytida Meyerning sog`lig`i yomonlashib qolgan. Shifokorlar esa uning hayotini saqlab qola olishmadi. 

    Boshqa yangiliklar