FIFA JCh-2018da ishlashga O`zbekiston futbol assosiasiyasidan taklif qilgan Xalqaro aloqalar bo`limi boshlig`i o`rinbosari Olim Arifov «A» guruhi o`yinlarining so`nggi turidan o`rin olgan Urugvay – Rossiya o`yini ham ishonib topshirildi. Bu haqda O`FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
Qayd etish kerakki, shu paytga qadar nafaqat O`zbekistondan, balki Markaziy Osiyodan birorta mutaxassis JChda komissar sifatida ishlamagan. Olim Arifov bu borada birinchi bo`ldi.
Urugvay – Rossiya uchrashuvi 25 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.