Futbol bo`yicha jahon chempionatining navbatdagi uchrashuvlari bo`lib o`tdi.
D guruhidan o`rin olgan ikkinchi uchrashuvda Nigeriya terma jamoasi Islandiyaga qarshi maydonga tushib, Ahmed Musa tomonidan kiritilgan ikki gol hisobida g`alaba qozondi. Bu natija orqali ular Argentinaga pley-off uchun imkoniyatini saqlab qolishga yordam berdi.
Yana bir uchrashuvda Serbiya va Shveysariya terma jamoalari o`zaro ro`baro` kelishdi. Avvaliga bolqonliklar hisobni ochgan bo`lsada, shveysariyaliklar yakunda iroda ko`rsatib g`alabani ilib ketishdi.
D guruhi
Nigeriya – Islandiya 2:0 (0:0)
Gollar: Musa (49, 75).
Nigeriya: Uzoxo, Balogun, Trost-Ekong, Omeruo, Mozes, Ndidi, Obi Mikel, Etebo (Ivobi, 90), Idovu (Ebuexi, 46), Musa, Ixeanacho (Igalo, 85).
Islandiya: Xalldoursson, Sevarsson, Arnason, Sigurdsson (Ingason, 65), Magnusson, Gislason, Gunnarsson (Skulason, 87), Sigurdsson, Byarnason, Bedvarsson (Sigurdarson, 71), Finnbogason.
Ogohlantirish: Idovu (44).
E guruhi
Serbiya – Shveysariya 1:2 (1:0)
Gollar: Mitrovich (5) – Jaka (52), Shaqiri (90+1).
Serbiya: Stoykovich, Ivanovich, Milenkovich, Toshich, Kolarov, Milivoevich (Radonich, 81), Matich, Tadich, Milinkovich-Savich, Kostich (Lyayich, 65), Mitrovich.
Shveysariya: Zommer, Lixtshtayner, Sher, Akandji, Rodriges, Bexrami, Jaka, Shaqiri, Jemaili (Embolo, 73), Suber (Drmich, 90), Seferovich (Gavranovich, 46).
Ogohlantirishlar: Milinkovich-Savich (33), Milivoevich (39), Matich (45), Mitrovich (87), Shaqiri (90+1).






