Indoneziyaning Bali orolida Chikagodan dam olish uchun kelgan sayyoh ayolning jasadi topildi. Ayolni shafqatsizlarcha o`ldirishda gumon qilinib, marhumaning 19 yoshli qizi va yana bir fuqaro qo`lga olingan.
Sud-tibbiy hulosalariga ko`ra, 62 yoshli Sheyla fon Vize-Mak o`tmas buyum bilan yuz va bosh qismlariga berilgan zarbalar oqibatida vafot etgan. Ayol o`zini himoya qilish uchun kurashgan. Bu haqda uning qo`llari va sindirilgan barmoqlaridan bilish mumkin, deb yozadi aspekty.net nashri. Maklar oilasi bir necha yil mobaynida Chikago Ouk-Park shahar chekkasida istiqomat qilishgan. Ouk-Park hukumatining matbuot-kotibi 2003 yildan 2013 yilga qadar Makklar oilasi ona va uning qizi o`rtasidagi janjal, o`g`rilik, zulm, 19 yoshli qizning bir necha kun uyga kelmasligi kabi holatlar sabab 86 marta polisiya hodimlarini chaqirilgan.