AsosiyDunyo

Jastin Timberleyk autizmga chalingan bolakayga atab qo`shiq kuyladi

Bugun mashxur xonanda Jastin Timberleyk autizmga chalingan kichik muxlisiga atab Happy Birthday, ya`ni “Tug`ilgan kuning bilan” qo`shig`ini kuyladi.

8 yoshni qarshi olayotgan bolakay ota-onasidan Jastin Timberleyk  hamda The Tennessee Kids konsert dasturiga olib borishlarini iltimos qilgan.  Bolakayning onasi farzandining autizm kasalligidan aziyat chekishi uni odamlar oldida kamsitilishidan havotirda bo`lgan bir vaqtda bolakay bor ovozi bilan “bu mening tug`ilgan kunim!” deb qayta-qayta baqirdi. Atrofdagilar bolakayni tug`ilgan kuni bilan tabriklashini istab baqira boshlashdi. Jastin Timberleyk bu haqida eshtishi bilan, bolakayga uchun maxsus tabrik qo`shig`ini kuylab berdi. 25 millionlik muxlislar bilan birgalikda kuylangan qo`shiqdan so`ng autizm kasalligi bilan og`riyotgan bolakay va uning onasi ko`z yoshlarini tiya olishmadi. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar