Shu yilning 14 avgustida Rossiyaning Tomsk viloyatidagi 46-MTMdan 3 yoshli Vika Vilegjanina noma`lum shaxs tomonidan o`g`rilab ketilgan.
Guvohlarning so`zlariga ko`ra, noma`lum shaxs qizaloqni “shirinlik beraman” deb, yoniga chaqirgan va uni olib ketgan. Shaharning turli burchaklaridan kelgan mingdan ortiq ko`ngillilar uni izlash bilan band. Ayni damgacha qizaloqni qidirish ishlari davom etmoqda.





