AsosiyDunyo

Ona farzandini qo`ng`iroqqa javob berishga majburlovchi dastur o`ylab topdi

AQShning Xyuston shahrida istiqomat qiluvchi Sheron Stendifird o`g`lining qo`ng`iroqlarga javob bermasligidan charchadi. Shundan so`ng, ayol bir guruh dasturchilarni topdi va ularga o`g`lining telefonini blokka tushirib qo`yuvchi dasturni yaratirdi.

Dastur talablariga ko`ra, agarda bola qo`ng`iroqqa javob bermasa, qurilma blokka tushadi va undan umuman foydalanib bo`lmaydi, deb yozadi Mirror nashri.

“Men Bredlini hech telefonga vaqtida kelishga majbur qilolmadim. U qo`ng`iroqqa javob bermagach, hayolimga mingta narsa kelardi. Shundan so`ng, men bunga qarshi chora ko`rishni maqsad qildim. O`g`lim qo`ng`iroqqa yoki SMSga javob bermasa, uning telefonini blokka tushirib qo`yuvchi dasturni yaratib bergan dasturchilarni topish uchun bir necha oy ketkazdim”,-deydi Sheron Stendifird.

Shunday qilib, Ignore No More dasturi paydo bo`ldi. Ushbu ilovani bolaning telefoniga joylagach, farzand agarda qo`ng`iroqqa javob bermasa, uning telefondan foydalanish mumkin bo`lmay qoladi. Agarda telefon blokka tushib qolsa, bola faqatgina onasiga yoki tez yordam xizmatiga qo`ng`iroq qila oladi. Farzandlar ota-onasiga qo`ng`iroq qilganidan so`ng, ularga maxsus kod yuboriladi.  

Ushbu dasturni Android qurilmalari uchun Google Play Market bo`limidan topish ham mumkin. 

    Boshqa yangiliklar