Bokudagi «Bakcell Arena» stadionida bo`lib o`tgan Ozarbayjon va O`zbekiston milliy terma jamoalari o`rtasidagi o`rtoqlik uchrashuvida hisob ochilmadi – 0:0.
Sentyabr oyida Incheonda start oladigan Osiyo O`yinlari futbol musobaqasiga tayyorgarlik ko`rayotgan O`zbekiston milliy terma jamoasi, Bokuda bo`lib o`tgan o`rtoqlik uchrashuvida Ozarbayjon bilan 0:0 hisobida durang o`ynadi.
Eslatib o`tamiz, Mirjalol Qosimov Ozarbayjonga qarshi o`yinda ishtirok etish uchun Bokuga jami 20 nafar futbolchini olib ketgan edi. O`zbekiston milliy terma jamoasi 21 avgust, payshanba kuni Toshkentga qaytib keladi.
O`FF rasmiy saytining xabar qilishicha, Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi O`zbekiston milliy terma jamoasi o`zining keyingi o`rtoqlik uchrashuvini 4 sentyabr kuni Toshkentda Iordaniya terma jamoasiga qarshi o`tkazadi. 8 sentyabr kuni esa, Yangi Zelandiya terma jamoasi Toshkentda mehmon bo`ladi.
O`rtoqlik uchrashuvi.
20 avgust. Boku. «Bakcell Arena» stadioni.
Ozarbayjon - O`zbekiston 0:0
Hakamlar: Georgiy Vadachkoriya, Levan Varamishvili, Levan Todria.
Ozarbayjon: Salaxat Agaev, Rasim Ramaldanov, Ruslan Abishov, Ufuk Budak (Ozkar, 46),Maxir Shukyurov (s) (Ilkin Girtimov, 60), Raxid Amirguliev, Vagif Javadov (Nuri, 46 (Allaxverdiev, 90)), Rufat Dadashov, Rauf Aliev (Javed Guseynov, 73),Dmitriy Nazarov, Tugrul Erat (Afran Ismaylov, 60).
O`zbekiston: Eldorbek Suyunov, Egor Krimes (Bobur Yo`ldoshev, 53), Islom To`xtaxo`jaev (s), Salim Mustafoev, Davron Hoshimov, Sardor Rashidov, Fozil Musaev (Dilshod Jo`raev, 73), Jamshid Iskandarov (Farruh Sayfiev, 69), Vladimir Kozak (Azim Ahmedov, 79), Navro`z Alimov (Igor Sergeev, 53), Ivan Nagaev (Shahzod Nurmatov, 46).
Ogohlantirishlar: Islom To`xtaxo`jaev (28), Egor Krimes (42)