«Iroq va Shom islom davlati» terroristik harakati jangarilari amerikalik jurnalist Jeyms Foulini qatl etishdi. Jurnalist ikki yildan beri bedarak yo`qolganlar ro`yhatida edi.
Jurnalistning qatl jarayoni tushirilgan, "Message To America" (AQShga maktub) deb nomlangan video 19 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo`ldi.
Daily Mail nashrining yozishicha, jangarilar AQShdan xarbiylarni olib chiqib ketishni talab qilishgan. Aks holda, ular asrdagi yana bir jurnalist Joel Sotloffni ham o`ldirishligini ma`lum qilishdi.
Suratkash Fouli o`limidan avvalgi murojaatida o`limida AQSh hukumatini aybladi.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron amerikalik jurnalistning qotili britaniyalik bo`lishi mumkinligini aytdi. Chunki u videolavhada ingliz tilining London lahjasida gapirgan.
"Biz videodagi kishining shaxsini aniqlamadik, ammo, uning britaniyalik ekanligi tahmin qilinmoqda",-dedi bosh vazir.