AsosiyDunyo

Ebola virusi qurbonlari soni 1350 kishiga etdi

Ebola virusi oqibatida G`arbiy Afrikada halok bo`lgan soni 1350 kishiga etdi. Bu haqda Jahon sog`liqni saqlash tashkilotiga asoslanib Reyter agentligi xabar bermoqda. 

JSST Ebola virusini xalqaro ahamiyatdagi xavf deb tan olgan. Hozirga kelib, 2240 kishi virus bilan kasallanganligi aniqlangan. 

Ebola virusi - og`ir, halokatli kasallikdir. Ebola virusi Markaziy va G`arbiy Afrikaning qishloqlari va sernam tropik o`rmonlar yaqinida tarqaladi. Virus odamlarga hayvonlardan va o`z navbatida odamdan odamga yuqadi.  Virusning tabiiy manbasi zaharli ko`rshapalaklar hisoblanadi. Hozircha, ushbu kasallikka qarshi aniq, lisenziyaga ega vaksina mavjud emas.

    Boshqa yangiliklar