AsosiyDunyo

Jeki Chan o`g`li uchun ommadan uzr so`radi

Bir necha kun avval mashxur aktyor Jeki Channing o`g`li Jeysi Chan Pekinda narkotik moddalar tufayli qo`lga olingani haqidagi ma`lumotlar tarqalgandi. Kuni kecha esa u omma oldidagi chiqishida o`g`li uchun uzr so`radi. Bu haqda 24smi.org nashri xabar beradi.

“Men o`g`limni bu yo`ldan qaytarishim va javobgarlikni o`z bo`ynimga olishim kerak. Jeysi va men sizlardan buning uchun kechirim so`raymiz” - dedi Jeki Chan.

Aktyorning so`zlariga qaraganda, o`g`lining narkotik moddalar bilan qo`lga olingani haqidagi xabar aktyor va uning rafiqasi uchun kutilmagan noxush yangilik bo`lgan.

Eslatib o`tamiz, Jeysi qo`lga olingan vaqtda u do`sti Tayvanlik aktyor Ke Chjendun bilan birga bo`lgan. 

    Boshqa yangiliklar