1

Sog`lomlashtirish dasturi doirasida o`zbekistonlik bolajonlar chet mamlakatlarida davolanishmoqda

Salomatlik 22.08.2014, 16:47
Sog`lomlashtirish dasturi doirasida o`zbekistonlik bolajonlar chet mamlakatlarida davolanishmoqda

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2014 yilni “Sog`lom bola yili” deb e`lon qilinishi munosabati bilan “Sog`lom avlod uchun” halqaro xayriya fondi tomonidan bemor bolalarni chet el nufuzli klinikalarida davolash bo`yicha maxsus dastur ishlab chiqdi.

Dastur loyihalari qatorida xalqaro hamkorlik doirasida yurtimizdagi bemor bolalarni chet el nufuzli klinikalarida sog`lomlashtirish ham kiritilgan.

“Sog`lom avlod uchun” halqaro xayriya fondi bergan ma`lumotlarga qaraganda, 2002 yilda ushbu xalqaro xayriya fondi, O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi, Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro tashkiloti birgalikda uch tomonlama hamkorlik bitimi imzolangan. Hamkorlik doirasida 12 yoshgacha bo`lgan bemor va nogiron bolalarni davolash va reabilitasiya qilindi. 2002-2014 yillar davomida jami 249 nafar O`zbekistonlik bemor bolalar terining kuyish asoratlari, tug`ma qo`l-oyoq bo`g`imlari va boshqa tashxislar bilan Germaniyaning nufuzli klinikalarida davolanish imkoniyatiga ega bo`lishdi. Ushbu xalqaro tashkilotning grant mablag`i hisobiga 2014 yil 8 oy davomida respublika bo`yicha jami 172 nafar tug`ma lab tanglay nuqsoni bo`lgan nogiron bolalarda jarrohlik operasiyalari o`tkazildi. Shu bilan bir qatorda “Chiroyli oyoqchalar” loyihasi doirasida tug`ma oyoq nuqsoni (maymoqlik) va “Qiyshiq bo`yin” tashxisi bilan 15 yoshgacha bo`lgan bolalarni operasiya qilish maqsadida 2014 yil 8 oy davomida 204 nafar bemor bolalar operasiya qilindi. 2014 yil 20 avgustda 15 nafar bemor bolalar Germaniya klinikalarida davolanish uchun fondning vakillari hamrohligida Germaniyaga jo`nab ketishdi.

Undan tashqari 24 avgustda Germaniya Respublikasidan 6 nafar sog`lomlashtirilgan bolalar yurtimizga qaytib kelishadi.

“Sog`lom avlod uchun” fondi ana shunday xayrli ishlarni tashkil etishida yaqindan yordam berayotgan barcha homiy tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari xodimlariga o`z minnatdorchiligini bildiradi va kelajakdagi hamkorlikka chorlaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1