Avstraliyalik yigitchaning katta to`fon oldida amalga oshirgan selfisi internet tarmoqlarida mashxur bo`lib ketdi. Ushbu selfi shu kungacha olingan selfilar ichida eng g`aroyiblaridan biri deb baholanmoqda.
Day.Az nashrining xabariga ko`ra, yigitcha Avstraliyadagi sahroda o`z avtomobilida ketayotib, o`ng tomonda u tomonga shiddat bilan yaqinlashib kelayotgan to`fon oldida hayotini havf ostiga qo`ygan holda selfini amalga oshirgan.
O`z omadidan xursand bo`lgan yigitcha suratlarni internet orqali barcha bilan baham ko`rgan.