AsosiyShou-biznes

Ozodbek Nazarbekov “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlandi

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, milliy g`oyani rivojlantirish, ma`naviyatimizni tiklash, o`zligimizni anglash yo`lida katta hissa qo`shgan, yorqin iste`dodi va ijodi, ilmiy faoliyati, halol xizmati, yoshlarni ona yurtga muhabbat, istiqlol g`oyalariga sadoqat ruhida sog`lom va barkamol etib tarbiyalash hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun bir necha  yurtdoshlarimizni faxriy unvonlar va ordenlar bilan taqdirlash to`g`risida Prezident farmoni e`lon qilingani haqida xabar bergandik.

Unga ko`ra, Ozodbek Nazarbekov “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlandi.

Eslatib o`tamiz, Ozodbek Nazarbekov 2007 yil “O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist”, 2010 yil esa “O`zbekiston Xalq artisti” unvoniga sazovor bo`lgandi.

    Boshqa yangiliklar