AsosiySport

“Real” finalda mag`lubiyatga uchradi (VIDEO)

Kecha «Visente Kalderon» stadionida «Atletiko» hamda «Real» o`rtasidagi Ispaniya Superkubogi finali javob uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Birinchi uchrashuv 1:1 hisobi bilan yakunlangan edi. Kechagi o`yinning 2 daqiqasida Mario Mandjukich kiritgan to`p uchrashuvda yagonaligicha qoldi. Shu tariqa, “Atletiko” Ispaniya Superkubogini qo`lga kiritdi.

 
Ispaniya Superkubogi
Atletiko – Real Madrid 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 2 Mandjukich.
Atletiko – Moyya, Xuanfran, Miranda, Godin, Sikeyra, R. Garsiya (Saul, 90), Tiagu, Gabi, Koke, Grizmann (R. Ximenes, 73), Mandjukich (K. Rodriges, 85).
Real Madrid – Kasilyas, Ramos, Karvaxal, Varan, Koentrau (Marselo, 70), Alonso, Xames (Isko, 65), Kroos (Ronaldu, 46), Beyl, Modrich, Benzema.
Ogohlantirishlar: Tiagu (18), Modrich (48), Koke (51), Alonso (52), Grizmann (68), R. Garsiya (74), Isko (78), Ramos (89), Ronaldu (90).
Chetlashtirish: Modrich (90).

    Boshqa yangiliklar