Bundan 34 yil avval AQShning The Beatles guruhi yakkaxon xonandasi Jon Lennon to`pponchadan otilgan 5 ta o`q tufayli yarim soat o`tib, ko`p qon yo`qotish oqibatida vafot etgandi.
Qotillik uning sevimli rafiqasi Yoko Ononing ko`z oldida sodir etilgan. Qochishni hayoliga ham keltirmagan qotil esa voqea joyida qo`lga olingandi.
Lennonning o`limidan so`ng bir yil o`tib, qotil Mark Devid Chepman umrbod qamoq jazosiga xukm qilingan. Qotil Mark Devid o`ldirish uchun Elizabet Teylor, Jaklin Kennedi, Jonni Karsonlar orasidan birini tanlayotgan bir vaqtida Jon Lennonga yaqin borish unchalik qiyin emas, degan fikr bilan unga o`q uzganini tan olgan.
Garchi qotillik 1980 yili sodir etilib, bu voqeaga qariyb 34 yil bo`lgan bo`lsada, kuni kecha Nyu-york jazoni qo`llash xizmati ayni damda 59 yoshni qarshi olgan qotilga shartli ravishda muddatidan oldin qamoqdan ozod etishlari haqidagi iltimosini sakkizinchi bor rad etdi.
Bu haqda www.novayagazeta.ru nashri xabar beradi. Bundan tashqari Jon Lennonning yaqinlari ham, omma ham bundan qo`rqinchli qotillikni sodir etgan jinoyatchini ozod etishlariga qarshi chiqishdi. Jazoni qo`llash xizmatining fikriga ko`ra “Chepman ozodlikda qonunbuzarlik qilmasdan yashay olmaydi”.





