AsosiyDunyo

Tessa Evans-burunsiz tug`ilgan qizaloq

Ayni damda 1,5 yoshni qarshi olgan ushbu qizaloq o`z tengdoshlaridan deyarli farq qilmaydi. Ular kabi o`ynaydi, kuladi, yuguradi. Biroq bu qizaloqning boshqalardan farqli bo`lgan bir jihati bor. U burunchasiz dunyoga kelgan.

Buyuk Britaniyada dunyoga kelgan bu qizaloqning tibbiy varaqasida “aplaziya” – ya`ni tana qismlaridan birining tug`ma mavjud emasligi tashxisi yozilgan. vse-krugom.ru nashri ma`lumotlariga ko`ra ayni damda Buyuk Britaniyadagi 50 ga yaqin bolalarda ana shunday kasallik kuzatilgan.

Qizaloqning ota-onasi homilador davridayoq, kutayotgan farzandlari burunsiz dunyoga kelishini eshitganlarida o`zlarini qo`yarga joy topa olishmagan. Ammo shunday bo`lsa-da, boladan voz kechishni xayollariga ham keltirishmagan. Homiladan voz kechishni istamagan ayol tug`ruqxonada olib qolinadi va dunyoga kelajak bolaning tug`ruqdan keyingi salomatligi borasida maxsus reja ishlab chiqiladi. Bu bolaning nafas olishiga ko`maklashish, yig`laganda nafas etishmovchili tufayli halok bo`lishidan asrash uchun juda muhim edi. Tessa aksa urishi, yo`talishi ham mumkin. 

Tessa dunyoga kelishi bilan unga traxeostomiya usuli bilan yordam ko`rsatiladi va uning nafas olishi ta`minlanadi. Qizaloq 11 oylik bo`lganida esa uni chap ko`zidagi kataraktadan halos etish uchun jarrohlik amaliyoti o`tkaziladi. Biroq jarrohlik amaliyotidan so`ng qizaloqning ko`zi umuman ko`rmaydigan bo`lib qoldi.

Bugungi kunga kelib, uni dunyodagi eng baxtli bolalardan biri deyish mumkin. Ota-onasining mehri va muhabbati unnig yuzidagi shirin kulgusida aks etib turibdi.

Qiyinchilikga qaramay, Tessaning ota-onasi keyingi jarrohlik amaliyotiga tayyorgarlik ko`rishayapti. Tessaga yaqin oylar ichida burun protezi bilan bog`liq jarrohlik amaliyoti o`tkaziladi. Qizaloq katta bo`lgani sayin uning yuz ko`rinishi hech kimnikidan farq qilmaydigan bo`ladi. Ushbu murakkab jarrohlik amaliyoti Londondagi Great Ormond Street Hospital klinikasida o`tkazilishi rejalashtirilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar