AsosiyDunyo

Maxsus xizmat amerikalik jurnalistni o`ldirgan jallod ismini aniqladi

Britaniyaning MI5 va MI6 maxsus xizmatlari amerikalik jurnalist Jeyms Foulni o`ldirgan jallod ismini aniqladi, deb xabar beradi The Sunday Times nashri.

Xabarda yozilishicha, u  kelib chiqishi britaniyalik bo`lgan 23 yoshli terrorchi Abdul-Majid Abdul Bari bo`lib chiqdi. Shuningdek, Abdul-Majid repperlik faoliyatini ham olib borgan.

Ma`lum bo`lishicha, u bir yil avval Londondagi, bahosi 1 million funt sterlingga teng bo`lgan dang`illama uydan chiqib ketgan. U Jihodi Jon taxallusi bilan mashhur bo`lgan.   

Avvalroq, Britaniya hukumati amerikalik jurnalistni o`ldirgan jallod ingliz tilining London lahjasida gapirgani sababli tergov ishini boshlagandi.

Eslatib o`tamiz, 20 avgust kuni avval ijtimoiy tarmoqlarda amerikalik erkin jurnalist Jeyms Foulni qatl etish jarayoni aks etgan videolavha  paydo bo`lgandi.  

    Boshqa yangiliklar