AsosiyDunyo

Ebola virusi Kongogacha etib bordi

Kongo Demokratik Respublikasining shimoliy qismida ilk bor Ebola virusi bilan kasallanganlar aniqlandi.  Bu haqda KDR sog`liqni saqlash vazirligiga asoslanib Reuters agentligi xabar bermoqda.  

Vazirning ma`lum qilishicha, sakkiz nafar fuqaroning Ebola bilan kasallanganligi gumon qilingan, ulardan ikki nafariga  Ebola tashhisi qo`yilgan.

Avvalroq, Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti Ebola virusi oqibatida halok bo`lganlar soni 1427 nafarga etgani haqida ma`lum qilgandi. Virusning tarqalishi sababli Kot-d'Ivuar, Senegal va Keniya davlatlari Liberiya hamda Gvineya bilan chegaralarni yopib qo`yishdi.

    Boshqa yangiliklar