Gollivuddagi qator rollari bilan odamlar qalbidan joy olgan britaniyalik aktyor, rejissyor, Richard Attenboro 90 yoshida vafot etdi. Bu haqda mk.ru nashri xabar beradi.
Attenboro qariyalar uyida rafiqasi Sheyla Sim bilan bilan birga yashardi. 2008 yil kutilmaganda zinadan yiqilgach, u harakatlana olmaydigan bo`lib qoldi va nogironlar aravachasiga o`tirishga majbur bo`ldi.
Richard Attenboro 1923 yilning 29 avgustida tavallud topgan. Bir haftadan so`ng u 91 yoshni qarshi olishi kerak edi.
“Oskar”, “Oltin globus” mukofotlari sovrindori Richard Attenboro 60 yil davomidagi ijodiy faoliyati davrida bir necha o`nlab filmlarda rol ijro etgan.





