2018 yil 3 iyul kuni O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kоmilov Amerika Qo`shma Shtatlari Favqulodda va Muxtor Elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi, deb xabar berdi TIV matbuot xizmati.
Suhbat davomida O`zbekiston-AQSh munosabatlarining joriy masalalari, shuningdek, O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 15-17 kunlari AQShga rasmiy tashrifi va oliy darajadagi muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtai-nazaridan o`zaro aloqalarni rivojlantirish istiqbollari ko`rib chiqildi.
Uchrashuvda ikki tomonlama bo`lajak taddirlar muddatlari va kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.






