24 avgust kuni Kaliforniyaning shimolida ro`y bergan er silkinishi oqibatida 172 nafar fuqaro jarohatlandi. Bu haqda day.az nashri xabar beradi.
6 balli ushbu er silkinishi tufayli jabr chekkan fuqarolar Napa shahridagi kasalxonalarga etkazilgan. Chunki bu er silkinishlari sodir bo`lgan joyga eng yaqin bo`lgan kasalxonalardan biridir.
Fuqarolar orasida yurak xuruji, nafas etishmovchiligi, tana suyaklarining sinishi kabilardan aziyat chekkanlar ham bor. Ma`lumotlarga ko`ra, ular orasida faqat bitta fuqaroning hayoti xavf ostida, kasalxonada davolanayotgan 12 kishining esa axvoli ancha qoniqarli.
Er silkinishi oqibatida 115 ta binoga zarar etgan. Ayni vaqtda Napada istiqomat qiluvchi 7,3 ming kishi elektrsiz qolgan.