AsosiyDunyo

Dunyoning eng baland bo`yli kishisi vafot etdi

Kuni kecha Ukrainada dunyodagi eng baland bo`yli inson sanaladigan Leonid Stadnik vafot etdi, deb yozadi korrespondent.net nashri. 

44 yoshni qarshi olgan daroz miyadagi o`simta tufayli miyaga qon quyilishi oqibatida olamdan o`tgan. Bo`yi qariyb 2,5 metrga etgan Leonid ota uyida singlisi Larisa bilan yashardi.

Bosh qismida aniqlangan o`simta tufayli u bir necha bor jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan. Leonid Stadnik 70 o`lchamdagi kiyim, 62 o`lchamdagi oyoq kiyimini kiyardi. Barcha kiyimlari buyurtma asosida tayyorlanardi.

U ommaviy axborot vositalariga intervyu berishni yoqtirardi, biroq uning bo`yini o`lchashlari va boshqa rekordsmenlar bilan taqqoslashlarini istamasdi. O`z intervyularining birida u “men hamma odamlar kabi oddiy hayot kechirishni istayman” degan edi. 

    Boshqa yangiliklar