Taniqli aktyor Silvestr Stallone o`z hayotini katta ekran orqali odamlarga namoyish etmoqchi, deya xabar beradi starandstar.ru nashri.
Aktyorning 92 yoshli onasi Jeki Stallone ommaviy axborot vositalariga bergan intervyularining birida bu haqda aytib o`tgan.
Ma`lumotlarga ko`ra, ushbu film uchun ssenariy yozmoqda. Ayni vaqtda u “Rembo”ning 5-qismi, so`ngra “Shiddatlilar 4” filmlari ustida ishlashni reja qilgan. Bulardan so`ng aktyor o`z filmini suratga olish ishlarini boshlab yuboradi.