Shavkat Mirziyoev Nursulton Nazarboevning taklifiga binoan 5 iyul kuni Qozog`istonga jo`nab ketadi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov Facebook’dagi sahifasida ma`lum qildi.
"Davlatimiz rahbari 6 iyul kuni Ostona shahrining 20 yilligiga bag`ishlangan yubiley tadbirida ishtirok etadi", — deyiladi xabarda.
Qozog`istonga tashrif chog`ida ikki tomonlama uchrashuvlar o`tkazilishi ham rejalashtirilgan.






