5 iyul kuni O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov "Instagram" tarmog`ida shaxsiy sahifasini ochdi.
Endilikda Instagram foydalanuvchilari vazir Komilovning ish faoliyati, uchrashuvlari va muzokaralari to`g`risida tezkor fotoxabarlarni olish uchun O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri akkauntiga a`zo bo`lishlari mumkin.
Ayni vaqtda ushbu sahifada O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi yangi binosining surati joylashtirilgan.






