1

Asaka shahri hokimligi xodimi pora bilan qo`lga olindi (video)

Jinoyat 06.07.2018, 16:20
Asaka shahri hokimligi xodimi pora bilan qo`lga olindi (video)

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Andijon viloyat boshqarmasi va Asaka tumani bo`limiga tadbirkorlar ariza bilan murojaat qilishadi. Boshqarma xodimlari tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish borasida ularning arizasiga asosan tezkor sa`i-harakatlarini amalga oshiriladi.

Ma`lum bo`lishicha, Asaka tuman hokimligi huzuridagi "Asaka yuksak sanoat yagona" direksiyasi rahbari tadbirkorlarga ishlab chiqarishda foydalanish uchun er maydoni ajratib berishni va`da qilib, uning evaziga 1000 AQSh dollarini hamda ushbu sanoat hududining kommunikasiya tizimini tashkil qilish evaziga uchun 6 mln 450 ming talab qiladi.

Direksiya rahbari ushbu pullarni Asaka tumanidagi MFY hududida olayotganda ashyoviy dalillar bilan qo`lga olinadi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

"O`zbekiston" telekanali tomonidan tayyorlangan lavhani e`tiboringizga havola etamiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1