AsosiyDunyo

Italiyalik fuqaro janjalkash xotinidan qutilish uchun qamoqqa joylashlarini so`radi

Kuni kecha Italiya polisiya mahkamasiga g`aroyib taklif bilan fuqaro tashrif buyurdi, deb yozadi The Local nashri.

Rimda istiqomat qiluvchi 37 yoshli, 3 farzandning otasi uy qamog`ini haqiqiy qamoqxonaga almashtirishni so`radi. Otaning so`zlariga ko`ra, u xotinining janjallaridan charchagan.

“Meni qamoqqa joylang, aks holda bu yomonlik bilan tugaydi”,-deydi fuqaro.

Mayda jinoyatlar uchun uy qamog`iga hukm qilingan fuqaro 11 oydan 3 oy muddatini uyda o`tkazdi va turma uydan yaxshi ekanligi to`g`risidagi fikrga keldi.

Uning so`zlariga ko`ra, italiyalik turmush o`rtog`i tomonidan katta bosimga uchragan va farzandlarining nafratini his qilgan.

Huquqni muhofaza qilish organlari ushbu vaziyat zo`ravonlik bilan tugamasligi uchun fuqaroning taklifini qabul qilishdi.

    Boshqa yangiliklar