1

Vazirlar Mahkamasida uchta departament tugatilib, uchta yangisi tashkil qilindi

Siyosat 09.07.2018, 11:01
Vazirlar Mahkamasida uchta departament tugatilib, uchta yangisi tashkil qilindi

“O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasini takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qarori imzolandi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq:

— Vazirlar Mahkamasining apparatining asosiy yo`nalish va vazifalari belgilandi;

— Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasidagi Axborot tizimlari va telekommunikasiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti, Investisiyalar, innovasion rivojlantirish erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari axborot-tahlil departamenti va Ta`lim, sog`liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamenti tugatildi;

— Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasida Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik jihatdan ta`minlash masalalari bo`limi tashkil qilindi va Bosh vazir apparatining, Kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamentining tegishli shtat birliklari ushbu bo`lim tuzilmasiga o`tkazildi;

— Elektron hukumat telekommunnkasiya infratuzilmasini rivojlantirish va axborot xavfsizligini ta`minlash masalalari axborot-tahlil departamenti, Investisiyalar, innovasion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti hamda Ta`lim, sog`liqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari axborot-tahlil departamenti tashkil qilindi;

— Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasini optimallashtirish maqsadida boshqaruv xodimlari soni 44 nafarga qisqartiriladi;

— Vazirlar Mahkamasi apparatining ma`lum ilmiy darajalarga ega xodimlariga lavozim maoshining 30-35 foizi miqdorida oylik ustama to`lanadi;

— ikki oy muddat ichida Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo`linmalarining rahbar va mutaxassislari egallab turgan lavozimiga munosib ekanini baholash maqsadida attestasiyadan o`tkaziladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1