1

O`zbekiston Badiiy akademiyasi Muborak Yo`ldoshevning vafoti munosabati bilan uning oilasiga hamdardlik bildirdi

Madaniyat 09.07.2018, 14:04
O`zbekiston Badiiy akademiyasi Muborak Yo`ldoshevning vafoti munosabati bilan uning oilasiga hamdardlik bildirdi

O`zbekiston Badiiy akademiyasi jamoasi atoqli rassom, mehribon ustoz, kamtarin inson Muborak Yo`ldoshevning vafoti munosabati bilan uning oilasiga, yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.

Avval xabar qilganimizdek, milliy rangtasvir san`ati rivojiga ulkan hissa qo`shgan, bebaho durdona asarlar muallifi, O`zbekiston xalq rassomi Muborak Yo`ldoshev 8 iyul kuni 85 yoshida vafot etdi.

M.Yo`ldoshev o`z asarlarida Vatanimizning boy tarixi, buyuk shaxslarini jo`shqin tarannum etgan. Xalq dostonlari qahramonlari “Tohir va Zuhra”, “Samarqand afsonasi”, “Ravshan va Zulxumor”, “Zafar”, “Yoriltosh” singari ko`plab spektakllarga yorqin dekorasiyalar yaratgan. Shuningdek, ko`p yillar davomida talabalarga tasviriy san`atdan saboq berib kelgan.

M.Yo`ldoshevning milliy rangtasvir san`atini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlib, 2000 yilda O`zbekiston xalq rassomi unvoni bilan mukofotlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1