AsosiySiyosat

Namangan viloyatiga qariyb 300 million dollarlik investisiya kiritish rejalashtirilmoqda

'Namangan viloyatiga qariyb 300 million dollarlik investisiya kiritish rejalashtirilmoqda'ning rasmi

“Obod qishloq” davlat dasturi doirasida Namangan viloyatida 34ta investision loyiha amalga oshiriladi, deb xabar berdi Investisiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi.

Loyihalar Kosonsoy, Pop, To`raqo`rg`on, Uychi, Chortoq, Chust, Yangiqo`rg`on hamda Namangan tumanlarida amalga oshiriladi.

"Taklif qilingan loyihalarni amalga oshirish uchun 299,5 mln dollar miqdorida to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investisiya kiritish rejalashtirilgan. Ular qiymati 60,7 mln dollarlik 10ta loyiha, 117,3 mln dollarlik 10ta loyiha va 121,5 mln dollarlik 14ta istiqbolli loyihalardir", - deyiladi xabarda.

Taklif qilinayotgan investision loyihalar orasida Namanganda Janubiy koreyalik investorlar bilan hamkorlikda zamonaviy ko`p tarmoqli klinika, Pop tumanida XXRlik investorlar bilan kichik yuk avtomobillari ishlab chiqarish, Uychi tumanida turkiyalik, Chust tumanida rossiyalik hamda Yangiqo`rg`on tumanida xitoylik investorlar bilan korxonalar tashkil etish kabi loyihalar mavjud.

    Boshqa yangiliklar