1

Poytaxt aholisi yarim yilda 21 ming kishiga ko`paydi

Jamiyat 10.07.2018, 15:00
Poytaxt aholisi yarim yilda 21 ming kishiga ko`paydi

Toshkentning doimiy aholisi soni 2018 yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo`yicha 2 million 485,9 ming kishini tashkil etib, 21 ming kishiga yoki 0,9%ga o`sgan. Bu haqda Davlat statistika qo`mitasi xabar qildi.

Yanvar-iyun oylarida 21 ming bola tug`ilganligi qayd etilgan bo`lib, mos ravishda tug`ilish koeffisienti 1000 aholiga nisbatan 17,1 promilleni tashkil etdi va 2017 yilga nisbatan 0,6 ga (2017 yilning mos davrida — 16,5 promille bo`lgan) o`sdi. Birinchi yarim yillikda 8 mingta o`lim qayd etilgan bo`lib, shundan 300 nafari 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soniga to`g`ri kelmoqda. O`lim koeffisienti 6,5 promilleni tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 0,3 ga kamaydi (2017 yilning mos davrida — 6,8 promille bo`lgan).

Poytaxt aholisining tabiiy o`sishi 13,0 ming kishini tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 1,3 ming kishiga o`sishi (2017 yilning mos davrida 11,7 ming kishi bo`lgan) kuzatildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1