1

Qosimov: “1994 yildagi finalda Xitoy o`yinni sotgani bekor gap!”

Sport 29.08.2014, 10:54
Qosimov: “1994 yildagi finalda Xitoy o`yinni sotgani bekor gap!”

Avvalgi xabarlarimizda singapurlik kelishilgan o`yinlar tashkilotchisi Uilson Raj Perumal 1994 yil Xirosimadagi Osiyo o`yinlari final uchrashuvida Xitoy o`yinni ataylab boy berganini aytgani haqida xabar bergandik.

Ushbu vaziyat yuzasidan O`zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi va o`sha uchrashuvda ishtirok etgan Mirjalol Qosimov o`z fikrlarini  Uff.uz saytiga bergan intervyusi davomida aytib o`tdi.

 “Hammasi bekor gap. Xitoy o`lib-tirilib finalga chiqar ekanda, keyin o`yinni osongina bukmekerlarga berib yuborar ekanmi? Bekor gap. O`sha o`yinda xitoyliklar maydonga “o`ligini” ham, “tirigini” ham tashlagandi. Uchrashuv shunchalik og`ir o`tgandiki, tugashi bilan holdan toyib, erga yiqilgan edim. Bu g`alabaning bahosi ancha og`ir bo`lgan, futbolchilarda gapirishga ham majol qolmagandi...

O`sha bukmekkerlar ham maydonga tushib, 90 daqiqa Xitoyning bosimiga qarshi turib berganda ko`rardim, o`yin qanday kelishilishini...”,-deydi Mirjalol Qosimov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1