AsosiyDunyo

Rossiya mudofaa vazirining samolyoti Ukraina va Polsha hududiga kiritilmadi

Varshavaning Rossiya mudofaa vaziri uchgan samolyotga nisbatan amalga oshirgan harakatlari Moskva tomonidan javobsiz qoldirilmaydi. Bu haqda Vesti.Ru nashri Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga asoslanib xabar bermoqda.

Polsha Rossiya Federasiyasi Mudofaa vaziri Sergey Shoygu uchgan laynerni Slovakiyadan Rossiyaga uchishiga ruxsat bermadi. Uchuvchilar esa Bratislavaga qaytishga majbur bo`lishdi.

 Vazirni olib uchayotgan Tu-154 samolyoti Banska-Bistrisadan kunduzi parvozga chiqqan. Ammo, parvoz vaqtida Polsha va Ukraina ushbu layner uchun mamlakat hududida parvozni amalga oshirishni taqiqlagani ma`lum bo`ldi. Yoqilg`i zahirasi ko`p bo`lmaganligi sababli uchuvchi kapitan ortga-Bratislavaga uchishga qaror qildi.  Aeroport hududida o`tkazilgan  bir necha soat va Tashqi ishlar vazirlari bilan o`tkazilgan kelishuvlardan so`ng, mudofaa vaziri samolyoti Polsha hududidan havo yo`li ochib berildi  va vazir muvaffaqiyatli tarzda Moskvaga etib bordi.

    Boshqa yangiliklar