1

Qosimov Iordaniyaga qarshi o`yin uchun tarkibni e`lon qildi

Sport 02.09.2014, 12:32
Qosimov Iordaniyaga qarshi o`yin uchun tarkibni e`lon qildi

O`zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Iordaniya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda ishtirok etadigan futbolchilar nomini e`lon qildi. Bu haqda O`FF rasmiy sayti xabar bermoqda. 

Eslatib o`tamiz, Iordaniya va O`zbekiston milliy terma jamoalari o`rtasidagi uchrashuv 4 sentyabr kuni «Paxtakor» stadionida bo`lib o`tadi. Mirjalol Qosimov mazkur uchrashuvga 22 nafar futbolchini taklif etgan edi, ammo so`nggi pallada «Neftchi» klubi a`zosi jarohat olib safdan chiqqan.

«Afsuski, tibbiy tekshiruvlardan so`ng Smolyachenkoning Iordaniyaga qarshi bahsda o`ynay olmasligi ma`lum bo`ldi. Qolgan futbolchilar esa, mashg`ulotlarni davom ettiradilar. Aynan mazkur uchrashuv Incheonda bo`lib o`tadigan Osiyo O`yinlari oldidan biz uchun tayyorgarlik vazifasini o`taydi», - deydi Qosimov.

Eslatib o`tamiz, musobaqa reglamentiga ko`ra Osiyo O`yinlarida 23 yoshgacha bo`lgan futbolchilar ishtirok etadilar. Shu bilan birga terma jamoalar o`z safiga yoshi 23 yoshdan katta bo`lgan 3 nafar futbolchini zayavka qilish imkoniga ega bo`ladilar.

Ma`lumot o`rnida Osiyo O`yinlarining futbol musobaqasi 14 sentyabr kuni start oladi va 3 oktyabrgacha davom etadi.

Iordaniyaga qarshi o`yin uchun milliy terma jamoaga chaqirilgan futbolchilar ro`yxati:

Darvozabonlar:
Eldor Suyunov ("Nasaf" ), Nikita Ribkin ("Paxtakor" )

Himoyachilar: 
Egor Krimes, Davron Xoshimov (ikkalasi "Paxtakor" ), Bobur Yo`ldoshev, Islom Tuxtaxo`jaev, Salim Mustafoev (barchasi "Lokomotiv" ), Sherzod Fayziev ("Mash`al" ), Azamat Isroilov ("Olmaliq" ).

Yarim himoyachilar:
Akbar Ismatullaev, Vladimir Kozak, Jamshid Iskandarov (barchasi "Paxtakor" ), Azimjon Ahmedov ("Navbahor" ), Fozil Musaev ("Lokomotiv" ), Dilshod Jo`raev, Sardor Rashidov (ikkalasi "Bunyodkor" ), Farrux Sayfiev ("Nasaf" ).

Hujumchilar: 
Igor Sergeev ("Paxtakor" ), Farxod Tojiev ("Lokomotiv" ), Shaxzodbek Nurmatov ("Metallurg" ), Navruzbek Olimov ("Qizilqum" ).

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1