1

Aleksandr Shadrinning o`limi sabablari oydinlashdi

Sport 03.09.2014, 15:55
Aleksandr Shadrinning o`limi sabablari oydinlashdi

Iyun oyida vafot etgan “Lokomotiv” klubi futbolchisi Aleksandr Shadrinning otasi Vyacheslav Shadrin o`g`linining  o`limi sabablari haqida Arena.Uz saytiga bergan intervyusi davomida so`zlab o`tdi.

“Pankreatit bo`lgan ekan. Biz bunga qadar uning oshqozonida yarasi bor deb o`ylagandik. Qolaversa, gastrit deb ham taxmin qilganmiz, biroq barcha o`ylaganlarimiz noto`g`ri ekan. Faqat buni bilganimizda Sashaning hayoti deyarli tugab bo`lgandi”,-dedi Vyacheslav Shadrin.

 Shuningdek, Vyacheslav Shadrin pankreatit kasalligini  faqatgina harakatga kelganida bilish mumkin  ekanligini va  shu sababli shifokorlar aniq tashxis qo`yishga qiynalishganini aytdi.  “Ular ham gastrit yoki oshqozon yarasi deb o`ylashgan”,-deb javob berdi futbolchining otasi.

Ma`lum bo`lishicha, Aleksandr Shadrin 2013 yilning iyun oyida kasallik tufayli jarrohlik stoliga yotishga majbur bo`lgan. Lekin shifokorlar  kasallikka sabab topa olishmagan va o`sha operasiyadan so`ng gastrit bo`yicha davolanib yurgan.

Afsuski, Aleksandr Shadrin bu yilgi operasiyadan chiqqan va bir kun o`tgach,  22 iyun kuni  26 yoshida vafot etgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1