AsosiyShou-biznes

Alisher Navoiyga atalgan noyob kitoblar ko`rgazmasi bo`lib o`tmoqda

Shu yilning 2-22 sentyabr kunlari O`zbekiston Milliy kutubxonasida Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag`ishlangan noyob kitoblar ko`rgazmasi bo`lib o`tmoqda, deya yozadi uz24.uz  nashri.

Ekspozisiyalar qatorida XVIII asr o`rtalari, XXI asr boshlariga tegishli bo`lgan kitoblar kiritilgan. Ushbu ko`rgazma mustqilligimizning 23 yilligiga bag`ishlangan.

Aytish lozimki, ayni kunda O`zbekiston Milliy kutubxonasining 84 700 nafar foydalanuvchisi bor. Joriy yilning iyun oyida kutubxonaga 43 241 nafar kitobxon kelgan, umumiy hisobda esa 460 82 dona kitob olingan.

    Boshqa yangiliklar