2018 yil 3 aprel kuni soat 19:00larda Oltiariq tumanida yashovchi sudlanuvchi X.B. o`zining yashash uyi hojatxonasida sog`lom qizaloqni dunyoga keltiradi.
Bir oylik kelinchak ushbu holatdan sharmanda bo`lishdan qo`rqib, chaqalog`ini qasddan o`ldirish maqsadida uni hojatxona ichiga tashlab yuborib, chaqaloqni yashirish maqsadida hojatxona ichiga xom va pishgan g`isht bo`laklarini chaqaloqni ustiga tashlab yuborgan.
Shundan so`ng X.B mazkur holatni yaqinlaridan yashirib, qornida bo`lgan bir oylik homilasi tushish xavfi bo`layotganligi sababli qon ketayotganligini aytganligi uchun yaqinlari tomonidan Oltiariq tuman markaziy shifoxonasiga olib borilib, unga birinchi tibbiy yordam ko`rsatilgan.
Bu vaqtda xonadonda qolgan fuqaro F.M hojatxona ichidan chaqaloq yig`isi kelayotganligini eshitib, hojatxona ichida bo`lgan chaqaloqni qo`shnilar yordamida olib chiqib, tuman markaziy shifoxonasiga olib borgan.
Oltiariq tuman Markaziy shifoxonasida chaqaloqqa ko`rsatilgan birinchi tibbiy yordam natijasida chaqaloqning hayoti saqlab qolinib, X.Bning jinoiy qilmishi oshkor bo`ladi.
Sudda sudlanuvchi X.B aybiga to`liq iqror bo`ldi va qilmishidan chin ko`ngildan pushaymonligini aytdi.
Jinoyat ishlari bo`yicha Buvayda tuman sudihukmi bilan X.Bga 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
U.Mehmonaliev,
Jinoyat ishlari bo`yicha
Buvayda tuman sudining sudyasi