O`zbekiston Iordaniya terma jamoasini mag`lubiyatga uchratdi (VIDEO)

Sport 05.09.2014, 09:16
O`zbekiston Iordaniya terma jamoasini mag`lubiyatga uchratdi (VIDEO)

4 sentyabr kuni O`zbekiston milliy terma jamoasi “Paxtakor” markaziy stadionida Iordaniya terma jamoasiga qarshi o`troqlik uchrashuvini o`tkazdi.

Uchrashuvda O`zbekiston terma jamoasi 2:0 hisobida g`alaba qozondi. O`yinni dastlabki daqiqalarida ustunlik Mirjalol Qosimov shogirdlari tarafarida bo`ldi. Birinchi bo`limda bir qator xavfli vaziyatlar yaratilgan bo`lsa ham, hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo`limni ancha faol boshlagan O`zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari 58-daqiqaga kelib hisobni ochishdi. Rashidovning jarima zarbasini iordaniyaliklar darvozaboni qaytardi, ammo qaytgan to`pni Igor Sergeev darvozaga joylab qo`ydi - 1:0. Uchrashuvga hakam tomonidan qo`shib berilgan uchinchi daqiqa o`tib borayotgan vaqtda esa, Dilshod Jo`raev Iordaniya terma jamoasi darvozasini ishg`ol qilib uchrashuvga nuqta qo`ydi - 2:0.

Eslatib o`tamiz, 8 sentyabr kuni O`zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentdagi "Paxtakor" stadioni Yangi Zelandiya terma jamoasiga qarshi o`rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Xalqaro o`rtoqlik o`yini.
4 sentyabr, Toshkent. "Paxtakor" stadioni.
O`zbekiston - Iordaniya 2:0

Gollar: I. Sergeev (58), D. Jo`raev (90)

O`zbekiston: Eldor Suyunov, Egor Krimes, Islom To`xtaxo`jaev, Davron Hoshimov (Vohid Shodiev, 73), Vladimir Kozak, Azamat Isroilov (Salim Mustafoev, 55), Fozil Musaev (Akbar Ismatullaev, 69),(Dilshod Jo`raev, 86), Sardor Rashidov, Jamshid Iskanderov (Bobur Yo`ldoshev, 73), Farhod Tojiev (Navro`z Alimov, 46), Igor Sergeev.

Iordaniya: Amir Shafi, Xalil Baniat, Shadi Naomi, Udai Saifi, Mohd Dmeyri, Uday Zahron, Ahmad Hayol, Baho Abdulrahmon, Montezr Amara, Said Hasan, Anas Yassin.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1