1

Neymar Braziliya terma jamoasi sardori etib tayinlandi

Sport 05.09.2014, 12:18
Neymar Braziliya terma jamoasi sardori etib tayinlandi

Braziliyaning futbol bo`yicha bosh murabbiysi Dunga Braziliya terma jamoasiga “Barselona”ning 22 yoshli Neymar kapitan bo`lishini xabar qildi, deb yozadi www.eurosport.ru nashri. Dunga bu haqda 4 sentyabr kuni o`tkazilgan matbuot konferensiyasida aytgan va bu qarorga bir necha kun oldin kelganini ta`kidlagan.

“Neymar yangi chorlovlarni va g`alabani yaxshi ko`radi. Bu futbol terma jamoasi sardori ega bo`lishi kerak bo`lgan ikki xislatdir” deydi “selesao”ning bosh murabbiysi. O`tgan jahon chempionatida Neymar Kolumbiya jamoasi bilan bo`lgan o`yinda jamoa himoyachisi Xuan Kamilo Suniga bilan to`qnashib ketgandan so`ng jiddiy jarohat olgandi. Oqibatda braziliyaliklar 4 o`rinni olishdi.

Braziliya terma jamoasi uchun Neymar ilk bor 2010 yilda maydonga tushgan. Hujumchi sifatida u jami 52 uchrashuvda 35 ta gol urgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1