Gollivudning eng go`zal va latofatli aktrisalaridan biri Skarlett Yoxansson kecha qiz farzandni dunyoga keltirdi. www.ntv.ru shu haqda xabar beradi.
Qizaloqqa Rouz deb ism berishlari haqida aktrisaning matbuot kotibi Marsel Parizo xabar bergan. Shuningdek, ona va bolaning tinchligi hamda salomatligi asrash uchun ularni OAV orqali muttasil ravishda yoritishlarini istamasliklarini aytgan.





