1

“Lokomotiv” – “Bunyodkor” uchrashuvini boshqargan hakam jarimaga tortildi

Sport 05.09.2014, 16:52
“Lokomotiv” – “Bunyodkor” uchrashuvini boshqargan hakam jarimaga tortildi

O`zbekiston chemiponatining 18-tur doirasida bo`lib o`tgan “Lokomotiv” – “Bunyodkor” uchrashuvini boshqargan hakam – Valentin Kovalenko O`FF hakamlar departamenti tomonidan jazolandi.

“O`zbekiston XXIII milliy chempionati 18-tur o`yinlari doirasidagi “Lokomotiv” – “Bunyodkor”yo`inida hakamlik qilgan Valentin Kovalenko ushbu uchrashuvda bir necha bahsli qarorlar qabul qilgani sabab, uning olib borgan ishi o`rganib chiqilib, O`FF hakamlar departamenti tomonidan to`rt o`yinga chetlatildi. Shuningdek, moliyaviy jarimalar ham solingani haqida ma`lum qilindi”,-deyiladi “Lokomotiv” klubi rasmiy saytida qoldirilgan xabarda.

Eslatib o`tamiz, ushbu uchrashuv 28 avgust kuni bo`lib o`tgan va unda “Bunyodkor” futbolchilari 2:1 hisobida g`alaba qozongan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1