AsosiyJamiyat

Xorijlik tadbirkorlar Samarqandda turizmni rivojlantirish uchun investisiya kiritmoqchi

'Xorijlik tadbirkorlar Samarqandda turizmni rivojlantirish uchun investisiya kiritmoqchi'ning rasmi

Birlashgan Arab Amirliklarining “Atlantis Holiday” turistik korxonasi asoschilari Samarqandga tashrif buyurdi. Ular viloyatning bir qancha turistik ob`ektlarida bo`lib, boy tarixiy-madaniy merosimizga yuqori baho berishdi, deb yozmoqda O`zA.

Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasidan ma`lum qilishlaricha, “Atlantis Holiday” turistik korxonasi rahbari Rashid Mahmud Abdulrahim Alnuri Samarqand viloyatida kelgusida qurilishi rejalashtirilayotgan turistik ob`ektlar loyihasi bilan yaqindan tanishdi. Xususan, Imom al-Buxoriy majmuasi hamda Samarqand Siti loyihasi investorlarda katta qiziqish uyg`otdi.

Shu bois ham turistik korxonalar vakillari, restoranlar hamda mehmonxonalar rahbariyati ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida turizm sohasi bo`yicha o`zaro hamkorlikni keng yo`lga qo`yish, sohaga investisiyalarni jalb etish bo`yicha hamkorlikda ishlash yuzasidan kelishib olindi.

    Boshqa yangiliklar