1

2018 va 2022 yilgi JCh mezbonlari to`g`risidagi tergov ishi hisoboti arbitraj palatasiga yuborildi

Sport 05.09.2014, 17:59
2018 va 2022 yilgi JCh mezbonlari to`g`risidagi tergov ishi hisoboti arbitraj palatasiga yuborildi

FIFA tartib intizom qo`mitasi  2018 va 2022 yilgi futbol bo`yicha Jahon chempionati mezbonlari tanlovi to`g`risidagi tergov ishlari hisobotini arbitraj palatasiga yubordi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti xabar beradi.

FIFA 2018 va 2022 yilgi futbol bo`yicha Jahon chempionatlari mezbonlari tanlovi haqqoniyligi masalasi bo`yicha tergov ishini o`tkazmoqda. Ma`lumki, 2018 va 2022 yilgi JCh mezobonligi Rossiya hamda Qatar mamlakatiga topshirilgan.

Hisobot 350 sahifadan iborat bo`lib, yil davomida 75 dan ortiq kishi so`roq qilindi. Shuningdek, so`rovlar o`tkazilgan audio yozuvlari yig`ildi, tergov doirasida umumiy hisobda 200 mingga yaqin material to`plandi.

Endi arbitraj palatasi tergov ishlari hisoboti bilan tanishib chiqadi va shu asosida qaror qabul qiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1